


Bugun “Yoshlik” sport majmuasida ommaviy sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda faol ishtirok etayotgan mahalla raislari, yoshlar yetakchilari hamda trener-seleksionerlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari S.Salayev, viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i N.Djumaniyazova hamda MOQning Xorazm viloyati bo‘linmasi ijrochi direktori U.Jumagaldiyev ishtirok etdilar.
Ma’lumot uchun: tadbir davomida 85 nafar mahalla raislari, 85 nafar yoshlar yetakchilari va 100 nafardan ortiq trener-seleksionerlarga Sport vazirligi tomonidan ta’sis etilgan sport ekipirovkalari topshirildi.
Ushbu rag‘batlantirish hududlarda sportni yanada ommalashtirish, yoshlar bilan tizimli ishlashni kuchaytirish hamda sog‘lom turmush tarzini keng yoyishga xizmat qiladi.