Xorazm viloyati, Qo'shko'pir t, Qo'shko'pir shaharchasi Mustaqillik ko'chasi, 78-uy

“Yangi Oʻzbekiston talabalari olimpiadasi” sport musobaqalari doirasida sportning 7 ta turi — basketbol, gandbol, yengil atletika, stol tennisi, futbol, voleybol hamda suzish yo‘nalishlari bo‘yicha bellashuvlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Bugun Urganch Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida mazkur musobaqalarning basketbol turi bo‘yicha hududiy bosqichi start oldi. Unda Urganch davlat universiteti jamoasi ham faol ishtirok etib, maydonda jamoaviy uyg‘unlik, tezkor qaror qabul qilish va yuqori sport mahoratini namoyon etmoqda. 

Talabalarimiz o‘yin davomida g‘alabaga intilish, qat’iyat va jamoa uchun mas’uliyatni his etgan holda ishtirok etib, raqiblar bilan murosasiz, ammo adolatli sport kurashlarini olib bormoqda.

Ma’lumot o‘rnida, basketbol musobaqalari 1–2-may kunlari davom etadi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Qo'shko'pir t, Qo'shko'pir shaharchasi Mustaqillik ko'chasi, 78-uy
  • +998 (62) 315-81-27
  • info@qushkupir-sport.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Сентябрь 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930 

Yil dasturi

Manzili